Taxiatosh IES ishlab chiqarish rejasini 112 foizga bajardi

Foto: Халқ сўзи
Elektr stansiyaning 2022-yil yanvar-oktyabr oylari uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi 3,6 mlrd. kVt.soat boʻlib, u amalda 4,1 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 112 foizga bajarildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy korxona hisoblangan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida bugungi kunda ikkita energoblok ikkita bugʻ-gaz qurilmalari sutkasiga 13,5 mln.kVt.soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqarmoqda.
2022-yilda reja boʻyicha 4,4 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish belgilangan boʻlsada, amalda 4,750 mlrd. kVt.soat elektr energiyasini 108 % oʻsish bilan ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
2022-yilning 10 oyida stansiyada 1 kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun rejadagi 299,34 gramm/kVt.soat oʻrniga, 287,92 gramm/kVt.soat shartli yoqilgʻi sarflandi. Buning natijasida 34,7 mln. kubometr tabiiy gaz yoqilgʻisi tejalib, 22,9 mlrd.soʻm iqtisod qilindi.
Korxonada quz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida asosiy va yordamchi uskunalarning barqaror ishlashi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, ishlar belgilangan jadvalga asosan olib borildi.
2022-yilda asosiy uskunalarning taʼmirlash jadvaliga asosan 2-sonli bugʻ-gaz qurilmasida inspeksiya ishlari va 7-energoblokda kengaytirilgan joriy taʼmir ishlari,1-sonli bugʻ-gaz qurilmalarida joriy taʼmir ishlari olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring