Tayvanda triatlon boʻyicha “Challenge Samarkand” koʻrgazmasi oʻtkazildi
Butunjahon triatlon oilasi ayni kunlarda Tayvanda jam boʻldi. Ushbu davlatda 22-23-aprel kunlari “Challenge Taiwan” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etish uchun ushbu mamlakatga butun dunyodan umumiy hisobda 10 ming nafar mehmon tashrif buyurdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston MOQ raisi maslahatchisi Alisher Karimov hamda Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi Yelena Kun ham ishtirok etishmoqda.
Ushbu xizmat safari orqali triatlon bellashuvlarini tashkil etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish koʻzlangan. Bugun Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi aʼzolari “Challenge Family” brendi vakillari bilan musobaqa trassasi boʻylab barcha jarayonni oʻrganishdi. Ahamiyatlisi, turnir doirasida koʻrgazma nuqtalari ham tashkil etilgan boʻlib, unda joriy yilning sentabr oyida Samarqandda oʻtadigan “Challenge Samarkand” boʻlimi ham ochildi. Tadbir davomida boʻlim haqida qiziqish bildirgan mehmonlarga yurtimizning boy tarixi, musobaqaga koʻrilayotgan tayyorgarlik yuzasidan maʼlumot berildi.
22-23-aprel kunlari sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi. Bahslar kattalar oʻrtasida quyidagi dasturlarda boʻlib oʻtadi:
Uzoq masofa: 3,8 km suzish, 180 km velopoyga, 42,2 km yugurish
Oʻrta masofa: 1,9 km suzish, 90 km velopoyga, 21,1 km yugurish
Olimpiya masofasi: 1,5 km suzish, 40 km velopoyga, 10 km yugurish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring