Tayvan rahbari 1949-yildan beri birinchi marta Xitoyga tashrif buyurdi

Foto: Reuters (2015 yil)
Tayvanning sobiq prezidenti Ma Ying-Jou 1949-yildan beri materik Xitoyga tashrif buyurgan Tayvanning birinchi sobiq va amaldagi rahbari boʻldi.
2008 — 2016-yilgacha orol davlatining prezidenti boʻlgan Ma Ying-Jou Xitoyga safar qilganidan juda xursand va u yerda talabalar bilan suhbatlashishini va ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilishini maʼlum qildi.
Siyosatchi Nankin, Uxan, Chansha, Chunsin va Shanxay shaharlariga borishni rejalashtirgan. Ma Ying-Jouning ota-onasi Xitoyning markaziy Xunan provinsiyasida istiqomat qilgan. Shu bois u Syantan shahrida ajdodlari xotirasiga ehtirom marosimini oʻtkazmoqchi.
Shuningdek, administratsiya sobiq rahbari bir guruh tayvanlik talabalar bilan birgalikda Sinxay inqilobi (1911-1912) va Yaponiyaga qarshi qarshilik urushi (1931-1945) bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha joylarga ham tashrif buyuradi. Bundan tashqari, sayohat davomida tayvanlik talabalar va materik Xitoy universitetlari talabalari oʻrtasida uchrashuv tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
“Men ham Tayvan universitetlaridan talabalarni almashish dasturlarida qatnashish uchun materikka yuboraman”, dedi Ma va bunday harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashini qoʻshimcha qildi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Tayvan 1949-yildan beri oʻz maʼmuriyati tomonidan boshqariladi. Oʻshanda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qoʻshinlarining bir qismi Xitoy fuqarolar urushida magʻlubiyatga uchrab, bu yerga qochib oʻtgan edi. Orolda kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud boʻlgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrogʻi va boshqa atributlari saqlanib qolgan.
Avvalroq, Xitoy rahbari Si Szinpin Butunxitoy xalq vakillari kengashi birinchi sessiyasining yopilish marosimida Xitoy Tayvan bilan birlashish jarayonini izchil olgʻa siljitish niyatida ekanini maʼlum qilgan edi.
“Vatanni birlashtirish jarayonini izchil davom ettirish zarur”, degandi oʻshanda Szinpin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring