Tayvan administratsiyasining sobiq rahbari birinchi marta Xitoyga tashrif buyurmoqda

Foto: Reuters (2015-yil)
“The China Times” gazetasining yozishicha, Ma Ying-Jouning safari mart oyi oxiri va aprel oyi boshida boʻlib oʻtadi.
Tayvan administratsiyasining sobiq rahbari Ma Ying-Jou (2008-yildan 2016-yilgacha) joriy yilning 27-mart — 7-aprel kunlari materik Xitoyning bir qancha shaharlariga tashrif buyuradi.
U 1949-yildan beri bunday sayohatni amalga oshirayotgan birinchi administratsiyasining sobiq rahbari boʻladi, deya xabar bermoqda nashr.
Gazetaning yozishicha, siyosatchi Nankin, Uxan, Chansha, Chunsin va Shanxay shaharlariga borishni rejalashtirgan. Ma Ying-Jouning ota-onasi Xitoyning markaziy Xunan provinsiyasida istiqomat qilgan. Shu bois u Syantan shahrida ajdodlari xotirasiga ehtirom marosimini oʻtkazmoqchi.
Shuningdek, administratsiya sobiq rahbari bir guruh tayvanlik talabalar bilan birgalikda Sinxay inqilobi (1911-1912) va Yaponiyaga qarshi qarshilik urushi (1931-1945) bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha joylarga ham tashrif buyuradi. Bundan tashqari, sayohat davomida tayvanlik talabalar va materik Xitoy universitetlari talabalari oʻrtasida uchrashuv tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Ma Ying-Jou administratsiya rahbari vaqtida Tayvan va materik Xitoy oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga yordam bergan.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, Tayvan 1949-yildan beri oʻz maʼmuriyati tomonidan boshqariladi. Oʻshanda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qoʻshinlarining bir qismi Xitoy fuqarolar urushida magʻlubiyatga uchrab, bu yerga qochib oʻtgan edi. Orolda kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud boʻlgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrogʻi va boshqa atributlari saqlanib qolgan.
Pekin esa Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasi provinsiyalaridan biri deb biladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring