Tahlilchilar: Modi hukumati ishsizlik va inflyasiya bilan kurashishi kerak

04:50 10 Iyun 2024 Dunyo
270 0

Foto: AP

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va uning “Bharatiya Janata partiyasi” mamlakatda bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Shunday qilib, Modi uchinchi bor Bosh vazirlik lavozimini egalladi. Endi uning qisqartirilgan koalisiyasi oldida ishsizlik va inflyasiya masalalari eng katta muammolardan biri bo‘lib turibdi.

Modi 2014 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot taxminan 5 ming dollardan 7 ming besh yuz dollargacha oshdi. Hindiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi mart oyida yakunlangan moliyaviy yilda 8,4 foizni tashkil etdi. Bu esa eng tez rivojlanayotgan iqtisodiy ko‘rsatgich hisoblanadi. 

Shuningdek, ishsizlik darajasi aprel oyida mart oyidagi 7,4 foizdan 8,1 foizga ko‘tarildi.

Investorlar Hindiston qimmatli qog‘ozlari keskin tushib ketganiga ishora qilib, Modi yuqori ishsizlik kabi muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan islohotlarni amalga oshira olmasligidan xavotirda. Kuchli iqtisodiy o‘sishga qaramay, aholining deyarli yarmi hali ham samarasiz qishloq xo‘jaligi sohasi bilan band. 

“Oxford Economics” hisobotida aytilishicha, bu ulush Modining ikkinchi hukmronlik davri 2018-2019 yildagi 42,5 foizdan 2022-2023 yillarda 45,8 foizgacha ko‘tarildi.

Mamlakatda, asosan, yoshlar ish o‘rni yetishmasligidan qiynalishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-2023 yillarda yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi kattalarnikidan qariyb 10 baravar yuqori bo‘lgan. 

Janubiy Osiyo instituti direktori Maykl Kugelmanning fikriga ko‘ra, Narendra hukumati infratuzilmani rivojlantirishdan tashqari kambag‘al hind qatlamiga e’tibor qaratishi kerak. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinligi fonida Hindistonda ishlab chiqarishni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratishga intilayotgan global brendlarni jalb qilish bo‘yicha bir qancha harakatlar amalga oshirildi. Ammo qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining katta qismi uchun bular yetarli emas. Buning sabablaridan biri hukumat katta hajmdagi ishlab chiqarish jarayonlariga kam ishchi kuchini jalb etgani ham misol bo‘ladi.

Yangi koalisiya hamkorlari ishlab chiqarish sohalariga investisiyalarni jalb qilish uchun yer va mehnat islohoti bo‘yicha yordam berishi zarur.

Kugelmanning aytishicha, Hindiston jahon biznes yetakchilarini tarbiyalaydigan ilg‘or texnologiya va boshqaruv universitetlariga ega bo‘lsada, boshlang‘ich va o‘rta ta’lim sifati ko‘rsatgichligicha qolmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?