Taekvondochilarimiz oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etishdi

07:55 02 Sentyabr 2023 Sport
303 0

Bosniya va Gertsegovinada taekvondo WT boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, tarixiy natija qayd etdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida boʻyi 180 smgacha boʻlgan sportchilar bahsida barcha raqiblarini magʻlub etgan Ahadjon Muxtorov shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Qayd etish joiz, oʻsmirlarimiz shu paytgacha bir jahon chempionatida 2 ta oltin medalga sazovor boʻlmagan. Eslatib oʻtamiz, musobaqaning ilk kunida Islombek Akchurin (-152 sm) ham birinchi oʻrinni egallagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер