Taekvondochilarimiz Iordaniyaga joʻnab ketishdi, ular Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurashadi

19:40 14 May 2021 Sport
1163 0

Shu yil 21-22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qitʼasi taekvondochilari oʻrtasida Tokio-2020 uchun soʻnggi litsenzion turnir boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekistondan jami 3 nafar (1 nafar erkak va 2 nafar ayol) sportchi qatnashish huquqiga ega.

Bugun erta tongda Oʻzbekiston taekvondo WT terma jamoasi aʼzolari Toshkent — Dubay — Amman yoʻnalishi boʻylab Iordaniyaga joʻnab ketishdi. Shuni alohida taʼkidlash lozim, sportchilarimizning xavfsizligi toʻliq taʼminlangan holda ular safarga maxsus kiyimlarda uchib ketishdi, deb xabar berdi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.

Terma jamoamizning kengaytirilgan tarkibidan quyidagi sportchilar oʻrin olishgan:

Nigora Tursunqulova,

Ozoda Sobirjonova,

Svetlana Osipova,

Feruza Sodiqova,

Jasur Jaysunov,

Ulugʻbek Rashitov.

Murabbiylar shtabi:

Pavel Xan,

Kim Yung Jin,

Dmitriy Xvan,

Pahlavon Sobirov,

Masʼud Yunusov (shifokor),

Stanislav Dogbayev (massajchi),

Murodjon Choriyev (Bosh kotib),

Dmitriy Kim (Xalqaro hakam).

Biz boʻlajak musobaqada sportchilarimizga omad tilaymiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?