Taekvondochilarimiz Amman shahriga yetib borishdi

22:29 15 May 2021 Sport
691 0

Xabaringiz bor, 21-22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida osiyolik taekvondochilar oʻrtasida Tokio-2020 uchun litsenzion turnir boʻlib oʻtadi.

Ushbu musobaqada Oʻzbekistondan 3 nafar (2 nafar qiz bola va 1 nafar oʻgʻil bola) ishtirok etish huquqiga ega.

Kecha, 14-may erta tongda Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi aʼzolari Toshkent-Dubay-Amman yoʻnalishi boʻylab Iordaniyaga joʻnab ketishgandi. Dubaydan Ammanga reys 9 soatdan keyin boʻlishi tufayli delegatsiya aʼzolari Dubaydagi mehmonxonaga joylashishdi va maʼlum vaqt davomida hordiq chiqarishdi. Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston taekvondo assotsiatsiyasi tomonidan sportchilarga barcha sharoitlar yaratib berildi.

Bugun tushda Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi Iordaniya poytaxti Amman shahriga yetib bordi va mehmonxonaga joylashdi. Sportchilarimiz musobaqaga soʻnggi tayyorgarlikni Amman shahrida olib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?