Tadqiqot: Suyak saratonini davolashning yangi usuli topildi

Suyak saratoni bemorning tayanch aʼzolariga taʼsir qiluvchi xavfli oʻsmalar guruhi boʻlib, asosan bolalarda aniqlanadi. Hozir dunyo boʻyicha yiliga 52 mingga yaqin kishiga ushbu xastalik tashxisi qoʻyilmoqda.
Eng yomoni, ayni paytda uni davolash vositalari juda cheklangan. Muolaja jarayonida asosan kimyo va radioterapiya, shuningdek, amputatsiyagacha boʻlgan jarrohlik aralashuvlaridan foydalanilyapti.
Biroq suyak saratoniga chalinganlarning besh yil ichida omon qolish darajasi atigi 42 foizni tashkil etmoqda. Bu, oʻsimta tez rivojlanib, birinchi navbatda, oʻpka va miyaga taʼsir koʻrsatishi bilan bogʻliq.
Shu bois Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universiteti tadqiqotchilari yangi davolash usulini ishlab chiqdi. Olimlar yaratgan CADD522 preparati saraton metastazlarining tarqalishiga aloqador boʻlgan RUNX2 genini blokirovka qilishga xizmat qiladi.
Bu yangilik laborator sinovlarda suyak saratoni implantatsiya qilingan sichqonlarning omon qolish darajasini 50 foizga oshirdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mazkur davolash usuli kimyoterapiyaga nisbatan organizmga kamroq zarar yetkazadi. Soch toʻkilishi va ovqat hazm qilish muammolari kabi toksik yondosh asoratlarga olib kelmaydi.
Dastlabki sinovlarda CADD522ning birlamchi suyak saratoni muolajasida samarali ekanligi tasdiqlandi. Endi yangi ixtiro insonlarda klinik bosqichda sinab koʻrilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring