Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi

14:41 23 Iyun 2022 Dunyo
2504 0

Buyuk Britaniya olimlari “omikron” shtammi boʻyicha tadqiqot oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, kasallanishdan kamida olti oy avval koronavirusga qarshi toʻliq bosqichda emlangan odamlarda xastalik yengil kechadi va asoratlar tezroq bartaraf boʻladi.

Buning uchun 100 ming nafarga yaqin kishi soʻrovnomada ishtirok etdi. Toʻplangan maʼlumotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, “delta” shtammi asoratlari “omikron”ga nisbatan 2,4 baravar uzoqroq davom etishi mumkin.

Masalan, “omikron” toʻlqini avj olgan 2021-yil 20-dekabrdan shu yil 9-martgacha boʻlgan davrda soʻrovnoma qatnashchilaridan 56 mingdan ziyodida koronavirus aniqlangan.

Undan avvalroq, yaʼni “delta” keng tarqalgan davr — oʻtgan yilning 1-iyunidan 27-noyabrigacha boʻlgan oraliqda esa 41 ming 361 kishi ushbu mutatsiyadan aziyat chekkan.

Mutaxassislar kasallikning oʻtkir bosqichida toʻrt haftadan koʻproq vaqt oʻtib, charchoq, bosh ogʻrigʻi, yurak faoliyati buzilishi bilan bogʻliq alomatlar kuzatilgan bemorlarni uzoq davom etadigan koronavirusni boshdan kechirganlar toifasiga qoʻshishdi.

Tadqiqot natijalari faqat kattalar va emlangan odamlarga tegishli. Vaksina olmagan qatlam va bolalarga doir maʼlumotlar esa hozircha yetarli emas!

Oʻrganishlar natijasiga koʻra, “omikron”ga chalinganlarning 4,5 foizida xastalik asoratlari uzoq davom etgan boʻlsa, “delta”da bu koʻrsatkich 10,8 foizga teng.

Ekspertlar fikricha, bu tadqiqot jamoatchilik tomonidan notoʻgʻri talqin qilinmasligi kerak. Chunki “omikron”ning qariyb 5 foiz holatda davomli asoratlarni keltirib chiqarishi ham aslida xavotirlidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер