Tadqiqot xulosasi: Homiladorlik paytida qahvani koʻp ichish tugʻilajak bolalarning rivojlanishini sekinlashtiradi

20:57 06 Iyul 2022 Dunyo
803 0

Illyustrativ foto

Yaponiyaning Xokkaydo universiteti olimlari guruhi homiladorlik davrida koʻp miqdorda kofe ichish bolalar rivojlanishida kechikish xavfini oshirishini aniqladi. 

Tadqiqot natijalari haqida batafsil “Early Human Development” jurnalida ilmiy maqola chop etilgan.

Qayd etilishicha, homiladorlik davrida qahvaga qaramlik bolaning 12 oylikkacha emaklash va yurish qobiliyatiga taʼsir qiladi. Tadqiqotchilar 87 106 onaning kofein isteʼmoli haqidagi maʼlumotlarni va olti va 12 oylik chaqaloqlarning harakat koʻnikmalarini taqqoslab chiqdilar. 

Xulosalar shuni koʻrsatdiki, kuniga 300 mg.dan ortiq kofein isteʼmol qilgan onalarning bolalarida 12 oylikdan keyin harakat koʻnikmalarining shakllanishida kechikish xavfi 1,11 baravarga oshgan. Ammo ularda olti oylik davrida muammolar kuzatilmagan.

Shunga qaramay, olimlar olti oylik chaqaloqning harakat koʻnikmalarini obyektiv baholash juda qiyinligi haqida taʼkidlashmoqda. Shu bois bu borada kuzatuvlarning mutlaq obyektivligi haqida gapirish mumkin emas. 

Shunga qaramay, mutaxassislar homilador ayollarni kofein isteʼmolini imkon qadar cheklashga chaqiradilar. Bundan tashqari, olimlar bolalar ulgʻaygan sari harakat koʻnikmalarining rivojlanishini kuzatishni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?