Tadqiqot xulosasi: Choy barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfini kamaytiradi

01:48 13 Sentyabr 2022 Dunyo
1519 0

Illyustrativ foto

Amerikalik tadqiqotchilar choy isteʼmol qilish barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfining kamaytirishini aniqladilar.

Choy yana ikkita mashhur ichimlik — qahva va kakao kabi, koʻplab madaniyatlarga xosdir. Shuning uchun ularning xususiyatlari boʻyicha tadqiqotlar olimlarni muntazam qiziqtirib keladi. Yaqinda tadqiqotchilar choy ichish yurak xastaliklari, insult va demans xavfini kamaytirish bilan bogʻliqligini aniqladilar

Choy tarkibi antioksidantlarga boy boʻlib, ular erkin radikallarning taʼsirini zararsizlantiradigan va hujayralarni yoʻq qilishdan himoya qiluvchi moddalar mavjud. Masalan, C va Ye vitaminlari, shuningdek, polifenollar shular jumlasiga kiradi. Bundan tashqari, koʻk choy qora choyga qaraganda bir necha baravar koʻp antioksidantlarni oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotlar yakuni shuni koʻrsatdiki, qahva va koʻk choy ichish barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfini kamaytiradi. Ular, ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim ehtimolini kamaytiradi. Biroq, qora choy bilan bunday bogʻliqlik hali ham aniq emas.

AQSHning Milliy saraton instituti xodimi Maki Inu-Choi boshchiligidagi amerikalik tadqiqotchilar 2006-yildan 2010-yilgacha turmush darajasi, ovqatlanish odatlari va kasalliklari boʻyicha soʻrovlarda qatnashgan 40 dan 69 yoshgacha boʻlgan 498 043 nafar Buyuk Britaniya fuqarosi maʼlumotlarini oʻrganishdi. 

Soʻrovda ularning 85 foizi choy ichishini taʼkidladi. Ularning 29 foizi kuniga 2-3 stakan, 26 foizi kuniga 4-5 stakan, 12 foizi kuniga 6-7 stakan choy ichgan.  Kuniga 8 piyoladan koʻproq choy ichganlarda esa ortiqcha vazn va umumiy salomatlik darajasi past boʻlgan.

Kuniga 2 dan 7 stakangacha choy ichgan odamlarda oʻlim xavfi eng past darajani tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?