Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimi joriy etilmoqda

20:47 05 Yanvar 2023 Hujjatlar
2090 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Prezidenti “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.

“Norma” huquqiy portali maʼlumotiga koʻra, ushbu hujjatga muvofiq, respublikaning barcha tuman (shahar)lari 5 ta toifaga taqsimlandi. Endilikda soliq imtiyozlari va subsidiyalar tuman (shahar)ning toifasidan kelib chiqib ajratiladi.

2023-yilning 1-yanvaridan 2026-yilning 1-yanvariga qadar soliq solishning quyidagi tabaqalashtirilgan tartibi joriy etildi:

— 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar (yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) quyidagilarni toʻlaydilar:

— foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida;

— yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini mazkur soliqlar boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari boʻyicha toʻlaydi;

— 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YATTlar (yakka tartibdagi tadbirkor) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining qatʼiy belgilangan summalarini toʻlashdan ozod qilinadi;

— 4-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari (yirik soliq toʻlovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamgʻarmasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) uchun aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi 3 foiz etib belgilanmoqda.

— Joʻqorgʻi Kenges va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlariga 4-toifadagi tumanlar boʻyicha:

— yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gacha;

— YATT uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritish huquqi beriladi.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan 4 va 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyati yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi. Bank kreditlarining 75 foiz, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

Qaror bilan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiyaning oshirilgan miqdorlari tasdiqlangan.

Amal qilish muddati belgilanmagan subsidiyalar 2025-yil 1-yanvarga qadar joriy etilgan hisoblanadi.

Subsidiya olish uchun soxta hujjatlar taqdim etilganda, taqdim etilgan subsidiyalardan maqsadsiz foydalanilganda va ularni qoʻllash shartlariga rioya etilmaganda subsidiyalar penya bilan qaytarib olinadi.

4 va 5 toifalar uchun tadbirkorlik sohasida litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun davlat boji ikki baravarga pasaytirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер