Tadbirkorlik jamgʻarmasi nizomi tasdiqlandi

19:27 05 Avgust 2022 Jamiyat
255 0

Hukumat qarori (428-son, 04.08.2022-y.) bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini va ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash sohasida davlat siyosatiga koʻmaklashish jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Jamgʻarma boshqaruvining oliy organi Kengash boʻlib, uning tarkibi Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Jamgʻarma faqat:

— Oʻzbekiston hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan;

— tugatilish bosqichida boʻlmagan;

— bankrotlik tartibi qoʻzgʻatilmagan;

— murojaat sanasidan kreditlar, soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan qarz oluvchilarning loyihalari boʻyicha kompensatsiya beradi.

Davlat moliyaviy nazorat organlari qarz oluvchilar tomonidan kafillik, kompensatsiyalar berilishi va toʻlovlar toʻlanishining shartlari, maqsadlari va tartibiga rioya etilishini tekshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?