Tadbirkorlik subyektlarini koʻpaytirish boʻyicha yangi yondashuvlar joriy qilinadi

19:02 25 Yanvar 2023 Siyosat
265 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezidentimiz tadbirkorlik subyektlarini koʻpaytirish boʻyicha yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurligini qayd etdi.

Masalan, oʻtgan yili Buxoroda – 8 ta, Namangan, Surxondaryo va Sirdaryoda – 2 tadan, Toshkent viloyatida – 1 ta tumanda yangi tashkil etilgan tadbirkorlar soni 2021-yilga nisbatan 30-40 foizga kamaygan.

Eng ogʻir ahvol Andijon, Termiz va Kogon shaharlari, Jalaquduq, Marhamat, Olot, Qorakoʻl, Shofirkon, Mingbuloq va Qibray tumanlarida ekanini qayd etib, Prezident ushbu hududlar hokimlarining bu boradagi faoliyati qoniqarsizligini koʻrsatib oʻtdi.

Mutasaddilarga viloyat hokimlari bilan birga ikki hafta muddatda ushbu tumanlarga borib, mavjud sharoitlarni oʻrganib, ularning har biri boʻyicha tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?