“Tadbirkorlik kodeksi” — tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkaziladi

Foto: Arxiv surat
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqilib muhokamaga joylashtirilgan.
Kodeks loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalarni muhokama qilish, loyihani takomillashtirish boʻyicha fikrlar almashish maqsadida vazirlik tashabbusi bilan joriy yilning 7-sentyabrida soat 10.00da “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil qilinmoqda.
Konferensiyada Oliy Majlis palatalari, Prezident Administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, mahalliy va 10 ga yaqin xalqaro tashkilotlar ekspertlari, ilmiy hamjamiyat, oʻrta va yirik biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiya “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida onlayn va oflayn rejimda oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring