Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining soʻnggi 8 oylik faoliyati haqida maʼlumot berildi

22:45 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
449 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi boshqarma boshligʻi Burhon Normirzayev ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Jamgʻarma 8 oy mobaynida jami 4 110 ta loyihalarga qariyb 1 trln 340 mlrd soʻm moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha majburiyat olgan.

Jumladan, kafillik boʻyicha 1069 ta loyihalarga – 926 mlrd soʻm, kompensatsiya boʻyicha 3 041 ta loyihalarga – 472 mlrd soʻm ajratiladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jami 33 211 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?