Tadbirkorlarga soliqlarni boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi

16:14 11 Avgust 2022 Jamiyat
396 0

Illustrativ foto

Tadbirkorlarga umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.

Bunda:

soliqlarni toʻlashni kechiktirish mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan 3 oy muddatda soliq organlarini xabardor qilgan va uning toʻlanishini taʼminlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi;

yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq toʻlovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi toʻliq miqdorda undiriladi;

soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga soliqlarni toʻlashni kechiktirish taqdim etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?