Tadbirkorlardan yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hisobotlarni noqonuniy talab qilishga jarima belgilanmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining ellik yettinchi yalpi majlisida “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 24110-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan olib borayotgan ochiq muloqoti natijasida 2024 yil 9 yanvarda “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Qaror bilan 2024 yildan boshlab o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan 34 turdagi hisobot va statistika ma’lumotlar bekor qilindi.
Yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkordan talab qilish taqiqlanadi hamda hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etilishi belgilab qo‘yildi.

Qayd etish joizki, bir-birini takrorlovchi tegishli axborot tizimlarida mavjud hisobotlarni bekor qilinishi natijasida, har yili 21,5 ming tadbirkorlarning 500 mln so‘m mablag‘lari iqtisod qilib qolinadi.
Eng asosiysi Qarorda tadbirkor davlat organlariga taqdim etadigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlanib, unga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilish taqiqlandi.

Shu bois majlisda muhokama qilingan Qonun tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan hisobotlarni qabul qiluvchi organlarning javobgarlik choralarini kuchaytirmoqda.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yxatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Ushbu Qonun davlat organlarining hisobotlarni talab qilib olish borasidagi mas’uliyatini oshirishga va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
Muhokamadan so‘ng Qonun ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring