Tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini muddatida taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi

“Soliq majburiyatlarini bajarishda tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan:
➖ kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi;
➖ tadbirkorlar tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinadi.
➡️ 2022-yil yanvar – iyul oylarida eksperiment tariqasida Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida hisobda turgan soliq toʻlovchilarning qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha soliq hisobotlari hisoblab chiqariladi va shakllantirib beriladi.
✅ Shuningdek, 2022-yil 1-yanvargacha soliq toʻlovchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va aylanmadan olinadigan soliqni hisoblash uchun zarur boʻlgan soliq solish obyekti yoki soliq solish bilan bogʻliq boshqa obyektlarni elektron hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish imkoniyatlari yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kasbida bir yoʻla 5 ta yirik sanoat korxonasi barpo etilmoqda
- Ekologlar xulosasi: Yer maydonining 99 foizi xavfli zarralar bilan ifloslangan
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring