Tadbirkorlar tomonidan hisobotlarni topshirish tizimi soddalashtirildi

09:12 09 Yanvar 2024 Jamiyat
309 0

Davlat rahbarining 2023-yilning 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan “ochiq muloqot”da berilgan topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlardan hisobot va statistik maʼlumotlarni talab qilish tizimining tartibga solish taʼsiri baholandi.

Baholash natijasida ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan quyidagilar belgilandi:

– bir-birini takrorlovchi hamda tegishli axborot tizimlarida mavjud hisobotlar bekor qilindi. Natijada har yili 21,5 ming nafar tadbirkorning 500 mln soʻm miqdordagi moliyaviy xarajatlari tejaladi;

– tadbirkorlar tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobotlarning 46 foizga qisqartirilgan yagona roʻyxati tasdiqlandi. Yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni talab qilish taqiqlanmoqda;

– Yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi. Bunda hisobotlar elektron tizimlardagi maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllanadi va davlat organlariga yuboriladi;

– hisobotlarni qogʻoz shaklida topshirish tartibi bekor qilinib, faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

Mazkur tartiblar joriy etilishi natijasida har yili tadbirkorlarning hisobot topshirish bilan bogʻliq 550 mlrd soʻmdan ortiq xarajatlari tejaladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер