Tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bir vaqtning oʻzida birja tizimida akkreditatsiyalanadi

19:09 24 Noyabr 2022 Jamiyat
285 0

“Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–430-son, 24.11.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

— tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda ularni bir vaqtning oʻzida birja tizimida akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi joriy etiladi;

— xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi;

— tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol boʻlmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi;

— tadbirkorlarga, oʻz xohishiga koʻra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar boʻyicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;

— mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

2022-yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-yanvargacha quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi:

— monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan poʻlat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;

— monopol boʻlmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

— metall list prokati va sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;

— paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va isteʼmol etil spirti – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?