Tadbirkorlar davlat byudjeti hisobidan kreditlar boʻyicha kafillik olish huquqiga ega

19:16 19 Iyun 2022 Iqtisodiyot
795 0

2022-yil 1-iyuldan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:

— kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;

— 2025-yil 1-yanvarga qadar mazkur roʻyxatda keltirilgan olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?