Tadbirkorga nisbatan qoʻllanilgan qoʻshimcha soliq haqidagi qaror bekor qilindi

12:58 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
672 0

Foto: Xalq so‘zi

Pop tumanida faoliyat yurituvchi “Servis A” (nomi oʻzgartirilgan) masʼuliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasining qaroriga asosan korxona yer qaʼri zaxiralaridan foydalanganligi uchun 3,5 milliard soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq hisoblangan edi. Bu, albatta, kattagina mablagʻ. Boz ustiga tadbirkorda ushbu soliq toʻgʻri qoʻllanildimi yoki yoʻq mazmunida fikr ham uygʻongan edi.

Soliq organining mazkur qarorini bekor qilish yuzasidan berilgan ariza boʻyicha Namangan tumanlararo maʼmuriy sudida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni masʼul xodimlari tomonidan jamiyat manfaatlari himoya qilindi.

Sud jarayonida soliq organining qarori yetarli asoslarsiz, qonun hujjatlari talablariga rioya qilinmagan hamda chuqur oʻrganilmagan holda qabul qilinganligi oʻz tasdigʻini topdi.Shunday qilib, sudning hal qiluv qarori bilan Namangan viloyat Davlat soliq boshqarmasining “Servis AA” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 3 574 711 500 soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq hisoblash haqidagi qarori haqiqiy emas, deb topildi. Binobarin, masala tadbirkor foydasiga yechim topib, uning manfaatlari munosib himoya qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?