Tadbirkorga dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

11:28 12 Yanvar 2023 Jamiyat
308 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Toshkent suv taʼminot” MCHJning Qibray tuman boʻlimi chilangari S.R. va boshqalar “M-R.” MCHJning ichimlik suvi tarmogʻiga noqonuniy ulanganligi holati yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga M.R.dan 400 AQSH dollari talab qilib, shundan 200 AQSH dollarini qoʻlga kiritishib, tadbir davomida qolgan 200 AQSH dollarini S.R. olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?