Tadbirkor mahalla oqsoqollari uchun Nuroniylar maskani bunyod etdi

14:22 20 May 2024 Jamiyat
275 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston tumanidagi “Sulaymon” MFYda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” tamoyili asosida keng koʻlamli qurilish – bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, mahalla ahli uchun zamonaviy sharoitlar muhayyo etilmoqda.

Ezgu tashabbus doirasida 450 ga yaqin xonadonlar taʼmirlandi. Kam taʼminlangan 3 ta oilaga yangi uy qurib berildi. 13 ta ichki koʻcha shagʻallashtirilib, piyodalar yoʻlagi barpo etildi. 5,3 km uzunlikda yangi elektr tarmogʻi tortildi, 2 ta yangi transformator oʻrnatildi hamda 1 tasi taʼmirlandi. 4 ta gaz taqsimlash punkti va 6,6 km gaz tarmogʻi taʼmirdan chiqarildi. 2,6 km uzunlikda yangi ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, 1 ta ichimlik suvi qudugʻi qazildi hamda 2 km uzunlikdagi ariqlar betonlandi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Mahalladagi boʻsh turgan maydonda “Book safe” barpo etildi. Mahalla markazida joylashgan eski bino kapital taʼmirlanib, aholiga xizmat koʻrsatish uchun tibbiyot va ijtimoiy markaz xonalari tashkil etildi. Mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 50 oʻrinli oilaviy bogʻcha tashkil etildi. Sportni keng targʻib etish boʻyicha “Workaut” sport maydonchasi va mini stadion qurildi.

— Ezgu va xayrli ishlardan quvonib, rahmatli otamning armonga aylangan orzusini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdim, — deydi tadbirkor Mirahmad Akbarov. — Shu tariqa mahallada tadbirkorlik faoliyatimiz daromadi hisobidan barcha qulayliklarga ega Nuroniylar maskani barpo etdik.

Foto: “Xalq soʻzi”

Nuroniylar maskanining foydalanishga topshirish marosimi “Uch avlod uchrashuvi” sifatida tashkil etilib, unda mahalladagi quvonarli yangilanish va oʻzgarishlar eʼtirof etildi. Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер