Tadbirkor faqat oʻqituvchilarga avtomashina yoqilgʻisini arzon narxlarda sotmoqda

Xabaringiz bor, bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan oʻqituvchi maqomi nufuzini oshirish, uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida samarali islohotlar olib borilmoqda.
Xorazm viloyatida tuman, shahar hokimlari tomonidan ham oʻqituvchilarga boʻlgan eʼtibor kuchayganini sezish mumkin. Biroq bugun eʼtiborimizni tortgan holat tadbirkorning oʻqituvchilarga boʻlgan munosabati boʻldi.
Yangiariq tumani, Gullanbogʻ qishlogʻida joylashgan “Hayot bulogʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Tadbirkor oʻziga tegishli boʻlgan aholiga gaz toʻldirish shoxobchasida oʻqituvchilarning avtomashinalariga yoqilgʻini oddiy aholiga nisbatan arzonlashtirib bermoqda.
Eʼtiborlisi, agar oʻqituvchining oʻzida avtomobil boʻlmasa, oila aʼzolariga ham arzon bahoda yoqilgʻi quyib bermoqda.
Oʻqituvchilarga har bir soha vakili tomonidan koʻrsatilgan eʼtibor ularni yanada ruhlantirib, qalbini faxr va iftixorga toʻldiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring