Tadbirkor - elu yurtga madadkor

17:10 21 Fevral 2023 Jamiyat
364 0

Foto: Xalq so‘zi

Bugun mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlarga turli imtiyozlar berish orqali ularning faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Maqsad aniq - tadbirkor boyisa, rivojlansa, yana yangi-yangi tashabbuslarni amalga oshiradi, natijada qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi, hududlarda ishlab chiqarish salmogʻi ortadi, xizmat koʻrsatish sifati yaxshilanadi.

Buni Qarshi tumanida faoliyat yuritayotgan “Taraqqiyot sari servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Asomiddin Rahmonov faoliyati misolida ham koʻrish mumkin.

U uch yil avval tumanning Xonobod mahallasi hududida gidroponika usulida 20 gektar maydonda zamonaviy issiqxona barpo etib, bir necha turdagi poliz va sabzavot mahsulotlari yetishtirishni boshlagan edi. Ayni vaqtda bu yerda yetishtirilgan mahsulot peshma-pesh ichki bozorga yetkazib berilyapti. Endigi koʻzlangan maqsad esa xalqaro bozorga chiqishdir.

— Shu bois bu yil asosiy eʼtiborni eksportbop poliz va sabzavot koʻchatlarini ekishga qaratyapmiz, —  deydi tabirkor. — Issiqxonaning 12,5 gektar maydoniga sara nav koʻchatlar oʻtqazmoqchimiz. Mahsulotni yetkazib berish boʻyicha rossiyalik va qozogʻistonlik hamkorlarimiz bilan kelishuvga ham erishdik.

Eʼtiborli tomoni, tadbirkor issiqxonaning oʻzi bilan cheklanib qolayotgani yoʻq. Toʻplangan sarmoyani -yangi loyihalarga yoʻnaltirmoqda. Ayni vaqtga qadar jamiyat tasarrufida 10 gektarlik mevali bogʻ barpo etishni uddaladi. Endilikda esa xorijdan zotdor qoramollarni olib kelib, yirik chorvachilik tarmogʻini yoʻlga qoʻyish harakatida.

 

Jahongir BOYMURODOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер