Tadbirkor ayollar klubi davra suhbati tashkil etildi

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq soʻzi”
Bugun Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi huzuridagi Tadbirkor ayollar klubi davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu davra suhbatida senatorlar, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalar vakillari hamda tadbirkor ayollar ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, Komissiya huzurida tashkil topgan Tadbirkor ayollar klubi qatnashchilari 2021-yil 21-sentyabr kuni Bishkekda oʻtkazilgan “Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi tadbirkor ayollarining muloqoti” xalqaro biznes forumida qatnashdi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tadbirkor ayollari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “B2B” uchrashuvlari ikkala tomon tadbirkorlari uchun juda foydali boʻldi.
Muzokaralar yakunida tomonlar oʻrtasida umumiy qiymati 13,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi. Bu uchrashuv davlatimizni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi muhim qadam boʻldi.

Davra suhbati davomida tadbirkor ayol yetakchisining asosiy vazifalari hamda faoliyat yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Suhbat davomida xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari aʼzolari soʻzga chiqib, oʻzaro hamkorlik olib borish yuzasidan fikr almashishdi.
Kengashlar tomonidan tashkil etilayotgan turli siyosiy va targʻibot-tashviqot tadbirlariga keng jalb qilish, ularning siyosiy ongini oʻstirishga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazib borish kabi tavsiyalar bildirildi.

Davra suhbati yakunida tadbirkor ayollar yetakchilari faoliyatini tashkil etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish Senatning doimiy nazoratida boʻlishi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring