Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

16:43 13 Aprel 2024 Jamiyat
533 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.O.” MCHJ masʼul shaxslari ishlab chiqarish sexidagi elektr hisoblagichga qasddan shikast yetkazib, 177,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman boʻlimi tomonidan “Buxorotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro М.А. tovuqxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga hech qanday hujjatsiz qayta ulab, 159,5 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер