Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda

10:32 31 Mart 2023 Jamiyat
367 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar, Nishon, Qoʻshrabot, Jonboy, Qamashi, Muborak, Marhamat va Oltinkoʻl tuman boʻlimlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar hamda tergovga qadar tekshiruvlarda 3 ta MCHJ, 1 ta fermer xoʻjaligi, 1 ta oilaviy korxona rahbarlari hamda 2 nafar fuqaro oʻziga qarashli boʻlgan issiqxona, dala yermaydoniga oʻrnatilgan suv nasoslari hamda binolarini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 1,5 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Oltinkoʻl tuman boʻlimi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda esa, fuqaro X.Q. “Uyshin” MFYdagi oʻziga qarashli issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 30,2 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 565,9 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?