Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

12:41 14 Fevral 2024 Jamiyat
265 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Z.Y.” MCHJ rahbari D.D. “Yuqoriqishloq” MFY hududida joylashgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 118,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.X.” oilaviy korxonasi taʼsischisi X.R. “Bogʻchaovul” MFYda joylashgan parrandachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi binoni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 114,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Chinoz tuman boʻlimi tomonidan IIB va “Chinoztumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Achamayli” MFYda yashovchi N.R. oʻz uyida tashkil etgan issiqxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 112,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Samarqand tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “Yuqori Qaynama” MFYda yashovchi fuqaro A.Sh. yashash xonadonida issiqxona tashkil etib, uni hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 104,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер