Svetlana Osipova jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

20:34 01 Iyun 2023 Sport
663 0

Taekvondochimiz Svetlana Osipova Bokuda oʻtayotgan jahon chempionatida +73 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Nafiya Kuga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor boʻldi.

Taʼkidlash joiz, shu paytgacha oʻzbek sportida hech bir taekvondochi qizimiz ketma-ket ikki bor jahon chempionatlarining finaliga yoʻl olmagan edi. Ushbu natija orqali Osipova jahon va Parij-2024 Olimpiadasidasi reytingidagi oʻrnini yanada mustahkamlab olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?