«Svet» oʻchganidan foydalanib bankomatga oʻgʻirlikka tushgan shaxs ushlandi

14:30 26 Yanvar 2022 Jamiyat
671 0

Foto: Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi

2022-yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston hududida elektr taʼminotida yuzaga kelgan uzilishlardan foydalanib, bankomatga oʻgʻrilikka tushgan fuqaro jinoyat sodir etayotgan paytda qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

25-yanvar kuni tungi soat 20:10 lar atrofida Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan yoʻnalish boʻylab xizmat olib borayotgan vaqtida nomaʼlum shaxs, Yangiyoʻl tumani Samarqand koʻchasida joylashgan “Davr bank” Olmazor filialiga qarashli bankomatni ochishga urinayotganligi aniqlanib, tezkor harakatlanuvchi guruh chaqirtirilgan. Xodimlar tomonidan koʻrilgan tezkor chora-tadbir natijasida nomaʼlum shaxs voqea joyida ushlanib, oʻrnatilgan tartibda Yangiyoʻl tumani IIO FMBga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv maʼlumotlariga koʻra, ushbu nomaʼlum shaxs Yangiyoʻl tumanida tugʻilgan 22 yoshli fuqaro ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIO FMB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Oldinroq, Xorazmda erkak mehmonga kelgan uyida oʻgʻirlik sodir etgan edi Shuningdek, Jizzaxda o'z qaynisi kelinining uyiga o'g'irlikka tushganligi haqida xabar bergan edik.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер