Suzuvchilarimiz jahon chempionati oldidan mashgʻulot oʻtkazishdi

11:17 13 Iyul 2023 Dunyo
761 0

Joriy yilning 14-30-iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari boʻyicha XX jahon chempionati oʻtkaziladi. Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz kunchiqar yurtga yetib kelishgan va bugun musobaqa oldidan tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazishdi deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Dastlab ochiq dengizda suzish musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz mashgʻulotlarga kirishdilar. Murabbiy Saida Iskandarova boshchiligida jahon chempionatida qatnashadigan sportchilarimiz musobaqa oʻtkaziladigan dengizda qariyb ikki soat davomida tayyorgarlik mashqlarini olib borishdi.

Eslatib oʻtamiz, ochiq dengizda suzish bahslarida jami 4 nafar sportchimiz yurtimiz shaʼnini himoya qilishadi. Ayollar oʻrtasida Parizoda Iskandarova hamda Anastasiya Zelinskaya startga chiqishsa, erkaklar toifasidagi bahslarda Vyacheslav Shkretov va Nikita Kornilov medallar uchun kurash olib borishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?