Suzish boʻyicha X Osiyo chempionati yakunlandi

18:42 24 Sentyabr 2022 Jamiyat
538 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqanddagi eshkak eshish kanalining ochiq suv havzasida suzish boʻyicha X Osiyo chempionatining soʻnggi, 10 kilometr masofaga suzish bahslari nihoyasiga yetdi.

Ushbu bahs yakuniga koʻra, yaponiyalik sportchi Taishin Minamide 1:58:21.2 natija bilan birinchi boʻlib marra chizigʻiga yetib keldi.

1:58:21.5 natija qayd etgan Xitoy taypeyi vakili Cheng-Chi Cho ikkinchi, yaponiyalik Taiki Nonaka esa 1:58:35.8 natija bilan uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasidagi bahsda esa 10 kilometr masofaga birinchi boʻlib Xitoy taypey vakili Yu-Ven Teng 2:07:27.2 vaqt oraligʻida yetib keldi.

Ikkinchi oʻrin 2:07:30.6 natija qayd etgan gongkonglik sportchi Sz Yin Nipga nasib etgan boʻlsa, qozogʻiston vakili Mariya Fedetova 2:08:38.9 vaqt oraligʻida marraga uchinchi boʻlib yetib keldi.

Musobaqa yakunida gʻoliblarga diplom va medallar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?