Suyultirilgan gazning narxi qariyb 17 foizga, paxta yogʻining narхi esa 4 foizga tushdi

16:02 25 Avgust 2021 Jamiyat
536 0

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 16 – 22-avgust kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 917,6 mlrd soʻmlik tovarlar sotilgan boʻlib, bu avvalgi haftaga nisbatan 14,5% ga ortiqdir. Bunda sotuvlarning 84,1% - birja savdolari; 1,4% - koʻrgazma-yarmarka savdolari; 14,2% - elektron davlat xaridlari va 0,3% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 643,1 mlrd soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 40,6 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 838 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,1 mlrd soʻmni tashkil qildi. Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 9,9% birinchi toifadagi avtoraqamlarga; 15,0% ikkinchi; 7,9% uchinchi; 9,1% toʻrtinchi; 17,3% beshinchi va 40,7% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 611,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:

Paxta yogʻi

Oʻtgan haftada birja savdolariga 2 621,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 041,0 tonnasi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 111 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 300,3 ming soʻmdan 16 605,1 ming soʻmgacha, yaʼni 4,0% ga pasayganini taʼkidlash lozim.

Koʻrib chiqilayotgan davrda 1-navli paxta yogʻining oʻrtacha haftalik kotirovkasi 18 116,0 ming soʻmni tashkil etdi.

Suyultirilgan gaz

Oʻtgan haftada birja savdolariga 2 539,0 tonna suyultirilgan gaz qoʻyildi va uning butun hajmi, yaʼni 100,0% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 109 xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning oʻrtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 505,4 ming soʻmdan 6 262,6 ming soʻmga, yaʼni 16,5%ga pasaydi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 6 871,4 ming soʻmni tashkil etdi.

Benzin

Oʻtgan haftada birjada avtomobil benzinining narxi biroz pasaydi. Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 46 733,0 tonna benzin qoʻyildi va ulardan 36 537,5 tonnasi, yaʼni 78,2% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 7,3 ming tonnani tashkil qildi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 181,3 ming soʻmdan 7 162,2 ming soʻmgacha pasaydi.

Oʻtgan haftada AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 7 188,8 ming soʻmni, AI-91 – 8 629,5 ming soʻmni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?