So‘xda yangi o‘zlashtirilgan 500 gektar yerda intensiv o‘rikzor tashkil etildi

Foto: Xalq so'zi
Farg‘ona viloyati So‘x tumanining Javpaya dahasida yangi o‘zlashtirilayotgan 500 gektardan ortiq maydonda shu kunlarda intensiv o‘rikzor tashkil etilyapti. Hozirda birinchi bosqich doirasida 155 gektar yerga o‘rik ko‘chatlari ekish ishlari olib borilyapti. Yangi o‘rikzor 50 sotixdan kam ta’minlangan oilalar, ishsiz yoshlarga bo‘lib beriladi.
O‘rik qatorlari oralariga poliz ekinlari, dukkakli ekinlar, farmasevtika va parfyumeriya sanoati uchun muhim bo‘lgan za’faron yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Za’faron tuganak piyozlarini xarid qilish uchun aholiga imtiyozli kredit taqdim etilishi rejalashtirilgan.
So‘x tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Jo‘rayevning “Xalq so‘zi” muxbiriga xabar berishicha, 2022 yildan boshlab mazkur hududda yillar davomida qarovsiz yotgan 1000 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish uchun o‘zlashtirilyapti. Shu maqsadda 5 km tarmoq tortilib, 223 metr balandlikka suv chiqarildi. Buning uchun viloyat mahalliy byudjetidan 21 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, tumanning Qayroq massivida 1400 gektar yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun o‘zlashtirilyapti. Ayni kunlarda dastlabki 200 gektar yerda malina plantasiyasi barpo etishga kirishildi.
- Xorijdan serhosil, eksportbop malina navlari olib kelinib, malinachilik klasteri tashkil etish orqali yetishtirilgan hosil sanoat usulida to‘liq qayta ishlanadi,-deydi So‘x tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Muslimbek Mavlonbekov. – Natijada 400 ko‘proq so‘xlik yoshlarning doimiy bandligi ta’minlanadi.
Qayroq masssivida ikkinchi bosqichda 185 gektar yerda kartoshka yetishtirilib, yong‘oq, olma va nok bog‘lari, tut va dorivor giyohlar plantasiyalari barpo etiladi. Buning samarasi sifatida tumandagi 3 ming nafardan ziyod yosh oilalarni ish bilan ta’minlash maqsad qilingan.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy raqs sanʼatining yuksak namunasi boʻlmish “Lazgi — Muhabbat va Qalb raqsi” balet spektakli dunyo sahnalarini zabt etishda davom etmoqda
- Namangan xalqaro nodavlat universitetining litsenziyasi bekor qilindi
- “United Airlines“ aviakompaniyasi dasturiy taʼminotdagi nosozlik tufayli parvozlarni toʻxtatgani aytilmoqda
- Uzbekistan Airways va Lufthansa Technik AG o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi
- Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi
- Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring