Suvchi ayollarga ehtirom koʻrsatildi

Foto: Xalq so‘zi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman eʼlon qilingan va bugungi kunda mazkur sana dunyoning koʻplab davlatlari qatori mamlakatimizda ham keng nishonlanib kelinmoqda.
Mazkur bayram oldidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamkorligida mamlakat miqyosida “Suv xoʻjaligi sohasining eng namunali fidoyi ayol xodimasi” tanlovi oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Kegeyli tumani irrigatsiya boʻlimida koʻp yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan Qizlargul Allambergenova ham ishtirok etdi.
Eʼtiroflisi, tanlov natijalariga koʻra kegeylilik suvchi ayol Qizlargul opa gʻolib deb topildi.
Yashirishning hojati yoʻq, miroblik kasbini tanlagan, kun demay, tun demay, suv yoqalab ishlaydigan ayollar soni koʻp emas. Kegeyli tumani “Madaniyat” mahallasida yashovchi Qizlargul opa esa, mana 36 yildirki, ushbu kasb bilan shugʻullanib kelmoqda. Turmush oʻrtogʻi bilan ikki oʻgʻil va bir qizni kamolga yetkazgan bu ayol bugun farzandlari va oʻndan ortiq nevaralari ardogʻida. U miroblikni tanlaganidan, shu kasb orqali oʻzgalarga yordami, jamiyatga nafi tekkanidan faxrlanadi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻistondagi suv xoʻjaligining barcha tizim tashkilotlarida tadbirlar tashkil etilib, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, tadbirlarda sohada samarali mehnat qilayotgan opa-singillarimizga esdalik sovgʻalari topshirilib, alohida ehtirom koʻrsatildi.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
- Rossiya Belarusda yadro quroli joylashtirishni maʼlum qildi. AQSHda xotirjamlik, Yevropa Ittifoqi esa javob berish bilan tahdid qilmoqda
- Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring