Suv xoʻjaligining 233 ta qurilmalarida nosozliklar aniqlangan

18:37 10 Iyun 2021 Jamiyat
373 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan joylarda “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan.

Inspeksiya matbuot xizmatining xabar berishicha, hisobot davrida, sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan oʻtkazilgan 12740 ta nazorat tadbirlarida 7755 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.

Suv isteʼmolchilari tomonidan sodir etilgan qonun va tartib buzilishlar natijasida 893 ta holatda 197 gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari koʻllatib yuborilgan, 1155 ta holatda suvlar kollektor-drenaj tarmoqlariga foydalanilmasdan tashlab qoʻyilgan, 1100 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan shartnoma tuzmasdan 13465 ming metr kub suvlar egallab olingan.

Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari oʻrganilib, kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish boʻyicha Inspeksiya tomonidan tegishli tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga 8923 ta ogohlantirish 1277 ta yozma koʻrsatma va 352 ta taqdimnomalar kiritildi.

Xususan, aniqlangan qoʻpol qonun buzilishi holatlariga nisbatan Inspeksiya tomonidan 3171 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mlrd 13 mln.soʻmlik maʼmuriy va 1627 ta 1 mlrd 291 mln. soʻmlik moliyaviy jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Bundan tashqari, 916 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishliligi boʻyicha koʻrib chiqishlik uchun sud va prokuraturalarga yuborilishi taʼminlandi.

Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5077 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, 698 ta holatda suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʻzboshimchalik bilan bajarish, 155 ta holatda suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlarini buzish, 146 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish, 206 ta holatda suvlarning davlat hisobini yuritish, 150 ta holatda suv xoʻjaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi va 1318 ta boshqa holatdagi qonunbuzilishlar maʼlum boʻldi.

Shuningdek, suv xoʻjaligining 714 ta inshootlari va 233 ta qurilmalari nosozligi aniqlanib, mazkur kamchiliklar Inspeksiya tomonidan toʻliq bartaraf etilishi taʼminlandi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?