Suv xoʻjaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar qanday maqsadlarga sarflanmoqda?
Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda shular xususida maʼlumot berildi. Suv resurslaridan samarali foydalanish va boshqarish tizimini takomillashtirish, mavjud obyektlarini modernizatsiya qilish kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratilyapti. Zero, bu davr talabi. Chunki suvga ehtiyoj doim boʻlgan va ortib boraveradi. Shu maʼnoda, mazkur yumushlar ahamiyati yuqori. Ayniqsa, tarmoqqa jalb etilgan investitsiyalarni oʻz vaqti va oʻrnida ishlatish juda muhim.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi ayni shunday ishlarga ixtisoslashtirilgan. Markaz direktori Baxtiyor Kamolovning aytishicha, oʻtgan yilda Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi «Xorazm viloyati Toshsoqa tizimidagi magistral sugʻorish kanallarini qayta tiklash» loyihasi doirasida qurilish ishlari yakuntga yetkazilgach, Xazorasp, Bogʻot, Xonqa, Urganch, Xiva, Koʻshkoʻpir va Shovot tumanlarida jami 191,3 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning suv taʼminoti hamda 100 ming gektar yerning meliorativ holati yaxshilandi.
Shu bilan birga, ayni paytda Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida 767 mln. dollarlik 5 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyihalar doirasida 2021-yilda jami 211,2 mln dollar miqdoridagi xorijiy kreditlarning oʻzlashtirilishi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 2,26 mln. dollar miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan.
Loyihalar boʻyicha ishlar avj pallasida. Yaʼni joriy yilning birinchi yarmida 188 km kanallar va ulardagi 57 ta gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilindi, 52 ta vertikal sugʻorish quduq burgʻilandi, Surxondaryo viloyatida 100 gektar maydonda tomchilatib sugʻorish tizimi oʻrnatildi.
Loyihalar hududida 570 mln soʻm ekspluatatsiya mablagʻlari iqtisod qilindi, irrigatsiya tizimi kanallarining foydali ish koeffitsiyenti 15 foizga oshdi, 50 mln metr kub suv tejaldi.
Shu bilan birga, yil yakuniga qadar investitsiya loyihalari doirasida belgilangan jami 213,5 mln. dollar, shu jumladan 211,2 mln. dollar xorijiy kreditlar va Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 2,26 mln. dollar oʻzlashtiriladi.
437 km kanallar va ulardagi 640 ta gidrotexnik inshoot quriladi va rekonstruksiya qilinadi, 28 dona nasos agregati modernizatsiya qilinadi, 92 ta vertikal sugʻorish quduq burgʻilandi hamda 11 700 gektar yer maydoni lazer yordamida tekislanadi. Loyihalar hududida 1 120,0 mln. soʻm ekspluatatsiya mablagʻlari iqtisod qilinadi, irrigatsiya tizimi kanallarining foydali ish koeffitsiyenti 15 foizga oshadi, 220 mln metr kub suv tejaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bosh prokuratura Allamjonov suiqasdiga oid qoʻshimcha axborotni ochiqladi
- 2025-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar qanchaga oshirilishi maʼlum boʻldi
- DXX va Mudofaa vazirligi rahbariyatidagi tayinlovlar rasmiy eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Yangihayot va Bektemir tumanlariga tashrif buyurdi — Fotoreportaj
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring