Suv xoʻjaligi vazirligi yagona suv balansi va davlat suv kadastrini yuritadi

17:27 20 May 2024 Jamiyat
306 0

Prezident farmoni bilan Suv xoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibida Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi va Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti va boshqalar tashkil etiladi.

Vazirlik tuzilmasi yuqori, oʻrta va quyi boʻgʻinlarga boʻlish yoʻli bilan qayta tashkil etilmoqda.

1-iyuldan boshlab vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining lavozim maoshini belgilashda tarif koeffitsiyentlari oshirilgan miqdorda hamda 2025-yildan boshlab koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar qoʻllanadi.

Oʻzbekistonda 1-yanvardan boshlab suvni hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlangan. Masʼul vazirlik va idoralarga uch oy muddatda yerostidan suv olish quduqlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish topshirildi. Bunda suv hisoblagichlari oʻrnatilmagan hollarda tegishli qonuniy choralar, shu jumladan, hisoblagichlar oʻrnatilmagunga qadar suv olish imkonini cheklash choralari koʻriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер