Suronli yillarni koʻrgan shaharga fotosayohat

23:08 06 Aprel 2021 Dunyo
407 0

Foto: Hasan Paydoyev ("Xalq so'zi")

Istanbul — Bursa — Iznik sayohatimiz shu yoʻnalishda davom etdi. Davrlarning ne ne suronli yillarini koʻrgan shaharlardan qolgan obidalar bugungi avlodlar uchun tarixiy haqiqatlarni ochib beruvchi ulkan meros boʻlib turibdi.

Turkiyada 3 ta Ayo Sofiya majmuasi bor. Istanbul, Iznik va Trabzon shaharlarida. Istanbuldagi eng katta va eng qadimi Ayo Sofiya ibodatxonasi haqida maʼlumot bergan edik. Bu galgisi esa Iznik shahridagi, maʼlumotlarga qaraganda bu ibodatxona ham VI asrda imperator Yustinian buyrugʻiga binoan barpo etilgan. Maʼlum davrlarda majmua xristianlar ibodatxonasi sifatida faoliyat yuritgan boʻlsa, Vizantiya imperiyasidan Usmoniylar imperiyasiga oʻtgach, islom dini uchun masjidga aylantirilgan.

Yillar davomida kuchli zilzilalar, yongʻinlar, urushlar natijasida katta talofat koʻrgan bu qadimiy maskan 2007-yildagi qayta taʼmirlandi. 2011-yildan boshlab esa yana qayta ham muzey, ham masjid sifatida xizmat koʻrsata boshladi.

***

Iznik shahrida Iznik koʻli ham bor. Oʻtgan 2020-yilda bu koʻl suvlari pasayishi oqibatida koʻl tubidan miloddan avvalgi IV asrga tegishli cherkov qoldiqlari topilgan.

Najmiddin Abdulazizov, jurnalist,
Hasan Paydoyev(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?