Surxondaryodagi savdo majmuasida portlash sodir boʻldi

10:40 07 Dekabr 2021 Jamiyat
401 0

Surxondaryodagi savdo majmuasida chaqnash oqibatida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

2021-yil 7-dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik koʻchasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida chaqnash sodir boʻlgan. Chaqnash oqibatida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, sodir boʻlgan yongʻinni soat 04:25 da oʻchirgan.

Chaqnash oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hodisa joyiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok boʻlgan fuqaro aniqlangan.

 

Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini oʻrganish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?