Surxondaryodagi YTHda prokuror halok bo‘ldi, viloyat prokurori o‘rinbosari esa shifoxonaga yotqizildi

Prokuratura xodimlari ishtirokidagi baxtsiz hodisa toʻgʻrisida rasmiy bayonot berildi.
2020-yil 7-noyabr soat 21:30larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi Oʻ.Kattayev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan boʻlgan.
Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yoʻl bekatlari oraligʻining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qoʻriqlanmaydigan temir yoʻl kesishmasidan oʻtayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Baxtsiz hodisa oqibatida Oʻ.Kattayev va old oʻrindiqdagi viloyat prokuraturasi boʻlim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa oʻrindiqda boʻlgan viloyat prokurori oʻrinbosari X.Kulliyev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odam oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring