Surxondaryodagi bozorda begona ayol 3 yoshli qizchani pichoqladi
Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi bozorda begona ayol yosh qizchani pichoqladi. Mazkur voqea yuzasidan “Xalq soʻzi” soʻroviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 1-may kuni Denov tumanida sodir etilgan. Begona ayol hech bir sababsiz 3 yoshli qizga oshxona pichogʻi bilan hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohati yetkazgan.
Qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Gumonlanuvchi ayol protsessual tartibda ushlangan. Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olingan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ayol ruhiy kasalliklar dispanserida roʻyxatda turgan.
“Tergov harakatlari davom etmoqda”, deydi BP matbuot kotibi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring