Surxondaryoda yuz bergan YTHda 3 nafar yigit halok boʻldi
Foto: Surxondaryo viloyati YHXB
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasida uch nafar yigit halok boʻlgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 2024-yil 17-sentyabr kuni soat 03:15 larda M-41 avtomobil yoʻlining Sariosiyo tumani, Shabnam MFY hududidan oʻtuvchi qismida sodir boʻlgan. 2004-yilda tugʻilgan (haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan) yigit “Nexia-2”ni boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 19 yoshli (haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan) haydovchi boshqaruvidagi “VAZ-2107” bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida VAZ-2107 salonida boʻlgan 3 nafar yoʻlovchi (haydovchining sinfdoshlari) vafot etgan. Shuningdek, har ikkala mashinada boʻlgan boshqa yoʻlovchilar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tuman IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qurilish materiallari uyushmasi qoshida sinov laboratoriyasi tashkil qilinadi
- Vazir oʻrinbosari xotinini aldagani uchun ishdan boʻshatildi
- Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi
- Soʻnggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritildi
- Dollar kursi uzoq vaqt koʻtarilishdan soʻng pastladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring