Surxondaryoda yuk mashinasi haydovchining ehtiyotsizligi tufayli ariqqa chiqib ketdi

11:13 07 Dekabr 2021 Jamiyat
379 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yuk mashinasi ariqqa tushib ketgani aks etgan video tarqaldi

Maʼlumotlarga koʻra, Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida 5-dekabr kuni soat 11:00larda yuk mashinasi koʻprikdan oʻtib ketayotib, haydovchining ehtiyotsizligi tufayli ariqqa tushib ketgan.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi, haydovchiga yordam koʻrsatildi va hodisa oqibatlari bartaraf etildi.

Mazkur holat yuzasidan Shoʻrchin tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?