Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok boʻldi

13:10 13 May 2024 Jamiyat
241 0

Surxondaryoda 59 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Tracker katta tezlikda yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida, uch kishi shifoxonada vafot etgani aytilmoqda. Voqea viloyatining Sherobod tumanida sodir boʻlgani aytilmoqda.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, YTH 12-may kuni soat 9:50 lar atrofida Sherobod tumani Uzunsoy mahallasi hududida sodir boʻlgan. 1965-yilda tugʻilgan Sh.D. Tracker mashinasini “Toshkent—Sherobod” yoʻnalishida boshqarib kelib, boshqaruvni yoʻqotgan. Buning oqibatida mashina yoʻl chetida toʻxtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda YTHga yoʻldagi notekislik sabab boʻlgani iddao qilinyapti. YTH oqibatida haydovchi Sh.D. va uning turmush oʻrtogʻi M.Sh. voqea joyida halok boʻlishgan. Mashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan 3 nafar keksa ayollar ogʻir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?