Surxondaryoda tadbirkordan 1 500 AQSH dollari talab qilgan elektr taʼminoti korxonasi rahbari ushlandi

17:08 06 Avgust 2022 Jamiyat
543 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qumqoʻrgʻon tumani boʻlimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Qumqoʻrgʻon tumani elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi Yu.X. “M.M.” MCHJning qurilish sexini elektr tarmogʻiga qayta ulab berish evaziga MCHJ rahbari U.R.dan pora talab qilib, oʻz xizmat xonasida 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?